• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qisqa muddatlarda tovar va xizmatlaringiz sotuvi bir necha barobar ortishini istaysizmi?

    O‘zbekistonda internet marketing sohasida yetakchi savdo brendlaridan biri bo‘lgan Zipwolf brendi asoschisi marketolog Umidjon Axunjonov bilan suhbat.

    - Internetda reklama deganda nimani tushunish lozim?

    Bilasizmi, internet reklama juda ko‘p tarmoqqa ega bo‘lgan soha. Internet reklamasining bir nechta turlarini keltirgan holda har bir tur bo‘yicha atroflicha tushuntirish berib o‘tishga harakat qilaman.

    Ijtimoiy tarmoqlardagi reklama:

    Statistik ma’lumotlarga yuzlansak, bugungi kunda O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi bevosita shaxsiy kompyuterlar va asosan mobil telefonlar orqali internetdan faol foydalanishmoqda – bu qariyb 16 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar, tadbirkor tili bilan aytganda, 16 milliondan ortiq salohiyatli xaridorlar deganidir. Yana statistikaga yuzlansak, “Odnoklassniki”dan foydalanuvchi o‘zbekistonliklar qariyb 3 million kishini va Facebook’dan foydalanuvchilar 1 milliondan ortiq miqdorni tashkil etadi.

    Ijtimoiy tarmoqlardagi reklama asosan kompaniyalar brendi ostida onlayn auditoriya uchun “qiziqarli” va “foydali” turli maqola, iqtibos, dizayn, promo-aksiya va video tipidagi kontentlarni auditoriya bilan ulashish orqali kechadi. Onlayn auditoriya o‘zi yoqtirgan kontentga “yoqdi” va “bo‘lishish” tugmalarini bosishi ushbu kontentning virusli tarqalishiga olib keladi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda asosan ikki turdagi reklamalar olib boriladi:

    1. Virusli xarakterdagi “qiziqarli” va “foydali” kontentlar ishlab chiqish asosidagi reklamalar (virusli tarqaladi, brend imijini yoyishga xizmat qiladi);
    2. Pullik (per click) reklamalar (sotuvni rag‘batlantiradi);
    Qidiruv tizimlaridagi reklama:

    Barchamiz google.com va yandex.ru kabi qidiruv tizimlaridan faol foydalanamiz. Bu tizimlarda asosan o‘zimizga kerakli bo‘lgan biror turdagi ma’lumotlar bo‘yicha qidiruv murojaatlarini amalga oshiramiz. O‘zbekistondan ushbu ikkala qidiruv tizimiga bir oyda o‘rtacha 70 milliondan ortiq murojaatlar qilinadi.

    Misol o‘rnida; “Toshkentda kvartira sotib olish” so‘z birikmasi orqali O‘zbekiston bo‘yicha bir oyda o‘rtacha 1035 ta murojaatlar bo‘ladi. Buning biznesga nima ahamiyati bor dersiz? Ayni 1035 ta murojaatlarning barchasida sizning kompaniyangizning veb sahifasi eng birinchi o‘rinda taqdim etilsa, qidiruvchining asosan qidiruv natijasining eng birinchi 3—5 veb sahifasiga murojaat qilishini inobatga olsak, sizning veb-sahifangiz oylik o‘rtacha 200—300 atrofidagi tashrif buyuruvchiga ega bo‘ladi. Juda ham pessimistik yechimda, agar tashrif buyuruvchilarning atigi 1 foizi sizning xaridoringizga aylansa ham, bu bir oyda siz 2-3 ta kvartira sotdingiz degani, shunday emasmi?

    Kontekst reklama:

    Kontekst reklama ham qidiruv tizimlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu turdagi reklamada siz qidiruv uchun ishlatgan iboradan kelib chiqib, qidiruv tizimlarining yaqin hamkorlari bo‘lgan millionlab boshqa veb-sahifalarga keyinchalik tashrif buyurganingizda sizga ayni qidiruv so‘zi bilan bog‘liq internet banner reklamalar ko‘rsatiladi.

    Bundan tashqari, “remarketing” tipidagi kontekst reklamalar qidiruv tizimlari bo‘yicha bir marta tashrif buyurgan veb-sahifangizga aloqador internet banner reklamalarning keyinchalik ham sizni boshqa veb-sahifalarda ham ta’qib etishi bilan xarakterlanadi.

    Email reklama:

    Bu turdagi reklamalar internet kompaniyalari bazasida mavjud (minglab) elektron pochta egalariga sizning mahsulot yoki xizmatlaringiz taklifini o‘zida aks ettirgan elektron xabarlar yuborish bilan xarakterlanadi. Odatda bu turdagi reklamalar 2-4 foiz samaraga ega bo‘lib, yuborilgan har yuz kishilik xabarlardan 2-4 dona potensial xaridor topish mumkin bo‘ladi.

    PR maqola va internet banner tipidagi reklamalar:

    Bu turdagi reklamalar asosan ko‘p sonli tashrif buyuruvchilariga ega bo‘lgan veb sahifalarga kompaniya, uning mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risida PR maqola yoki banner ko‘rinishida joylashtiriladigan reklamalardir. O‘zbekistonda kunlik 250—300 ming kishilik tashrif buyuruvchisiga ega bo‘lgan www.kun.uz, www.daryo.uz kabi veb sahifalarga reklamalar joylashtirish yaxshi samara berishi mumkin.

    Internet reklama yuqoridagi 5 turdagi reklama bilangina cheklanmaydi. Bundan tashqari Telegram, Wechat, Whatsapp va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarning, Youtube va Mail.ru kabi veb sahifalarning ham yuqori reklama imkoniyatlari mavjud.

    - Bugungi kunda internet reklamaning O‘zbekistondagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘zlab bersangiz.

    Garchi asosiy reklama manbalari sifatida biz televideniye, radio, gazeta, jurnallar va yo‘l cheti bannerlaridan foydalanib o‘rgangan bo‘lsakda, kichik bizneslarning ayni manbalarda reklama joylashtirishlari arzon tushmaydi. Ikkinchi tarafdan, agar, bugungi kun iste’molchisini kuzatsangiz, u har qanday reklama manbalaridan birinchi ta’sirni olgach, ikkinchi qadam sifatida ayni brend haqida batafsilroq ma’lumot o‘rganish uchun albatta internetga murojaat qiladi. Aytishim mumkinki, internet reklama tadbirkorlarimizga o‘z xizmat va mahsulotlarini eng arzon yo‘lda eng samarali reklama qilishlari uchun imkon yaratadi.

    - Yangi tashkil etilgan bizneslar uchun o‘z veb sahifasiga ega bo‘lish qay darajada muhim deb o‘ylaysiz?

    Bugungi kunda o‘z veb sahifasiga ega bo‘lmagan bizneslarni 90-yillarning telefon raqamiga ega bo‘lmagan bizneslariga qiyoslash mumkin. Umuman olganda, internet reklamalarining bir qismi bevosita kompaniya veb sahifasi bo‘lishini talab etadi (masalan, qidiruv bo‘yicha optimallashtirish). Bundan tashqari, internet reklamalarda asosiy maqsad potensial xaridorlarni kompaniya veb sahifasiga olib o‘tish hisoblanadi. Kompaniyalarning veb sahifasi qidiruvchi yoki tashrif buyuruvchilarda ayni brendga nisbatan ishonch hissini uyg‘otuvchi vosita desak ham ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    - Qiziquvchilar siz va sizning kompaniyangiz bilan qanday bog‘lanishlari mumkin?

    Internet reklama va uning tadbirkorlarimiz bizneslarini siljitishdagi amaliy roli chuqurroq o‘rganmoqchi bo‘lgan va kompaniyamiz yangiliklaridan muntazam xabardor bo‘lishni istagan tadbirkorlarimiz uchun:

    Telefon: 8 (371) 233-49-03

    Elektron manzil: info@zipwolf.com

    Telegram: https://t.me/mbcUzbekistan

    Facebook: https://www.facebook.com/zipwolf.zipwolf/

    Reklama huquqi asosida

    13.07.2017, 10:23   Izoh (0)   9121
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘ijduvonda kelin o‘z qaynotasining 1000 dollar pulini o‘g‘rilab ketdi

    13.07.2017, 10:20

    Chilonzorda qo‘shmachilik bilan sudlangan ayol yana qo‘shmachilik qilayotganida qo‘lga olindi

    13.07.2017, 09:31

    Videoselektor yig‘ilishida siyosiy partiyalar va Ekologik harakat faoliyati tanqidiy ruhda tahlil qilindi

    13.07.2017, 09:15

    Toshkent YeXHTning OAV bo‘yicha anjumaniga mezbonlik qiladi

    13.07.2017, 08:57

    Sirdaryoda fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi

    13.07.2017, 08:34

    O‘zMUda qo‘lga tushgan “ziyoli snayperlar”, mikroavtobus bilan to‘qnashgan Chirchiqdagi BTR, Toshkentda yopilmaydigan kollejlar va kunning boshqa muhim xabarlari

    12.07.2017, 19:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan munosabat bildirildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 09:45

    “Meni televideniyega chiqarilmasin, degan topshiriqni kim berganini bilmayman” — xonanda Xurshid Rasulov “zapret”ga tushgani haqida

    Musiqa | 28 iyun, 09:04

    Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 08:33

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.