Sirdaryo tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
2017-yilning 6-iyul kuni taxminan soat 21:30 larda tezkor tadbirlar davomida O.Borisov (ism-shariflari o‘zgartirilgan) Sirdaryo shahar hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 30 000 so‘m pul evaziga fuqaro “T” va “D”larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)