NBC News San-Fransisko aeroportida Air Canada laynerining qo‘ndirilishi haqida animatsiyali rolik tayyorladi. Rolik Today shousining YouTube’dagi kanalida joylashtirildi.
Bortida 140 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot 7-iyul kuni o‘sha payti to‘rtta samolyot turgan rullash yo‘lagiga qo‘nishiga bir baxya qolgan edi.
Bir dispetcher Torontodan uchib kelayotgan Airbus A-320 layneriga qo‘nishni to‘xtatib, ikkinchi marta aylanib kelishni aytdi va shu bilan aviahalokatning oldini oldi.
Izoh (0)