2017-yilning 1-sentabridan e’tiboran O‘zbekistonda sertalab kombinatsiyadagi davlat avtomobil registratsion raqamlarini yuqori to‘lov stavkalari bo‘yicha, shu jumladan, kimoshdi savdosi orqali sotish tartibi joriy etiladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bu holat Prezidentning 11-iyuldagi tegishli qarorida ko‘zda tutilgan.
Hujjat bo‘yicha hukumatga bir oy muddat ichida “chiroyli” avtomobil raqamlarini yuqori stavkada sotish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilgan edi.
Izoh (0)