Eron prezidenti Hasan Ruhoniy futbol bo‘yicha mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush bilan ko‘rishdi. Bu haqda “Championat.asia” fors nashrlariga asoslanib xabar berdi.
Uchrashuv prezident qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Hasan Ruhoniy Jahon chempionatini qit’ada birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan Keyrush va terma jamoa a’zolarini qutladi.
Shundan so‘ng portugaliyalik mutaxassis Eron prezidentiga terma jamoa futbolchilarining imzosi tushirilgan futbolkani sovg‘a qildi.
Mezbon Rossiya va Braziliyadan keyin Eron terma jamoasi JCh—2018 ning uchinchi ishtirokchisiga aylangandi. Bu yo‘lda forslar O‘zbekiston termasi ustidan 2:0 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi.