13-iyul kuni soat 14:10 da “O‘zbekiston” telekanali orkali “Biz uchun muhim” tok-shousi birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Daryo”ning “O‘zbekiston” telekanalidagi manbasi ma’lum qildi.
Ko‘rsatuvning ushbu sonida ko‘tarilgadigan mavzu jamiyat hayotidagi illatlardan biri — qo‘shxotinlik.
Tok-shou soat 15:30 ga qadar davom etadi. Unda mutaxassislar va OAV vakillari ishtirok etadi.
Keyingi hafta esa “Munosabat” tok-shousi ham jonli tarzda efirga uzatilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)