Koreyalik ijrochi Psy’ning Gangnam Style klipi YouTube’dagi eng mashhur video maqomini yo‘qotdi. “Forsaj 7” filmidagi See You Again qo‘shig‘i uchun ishlangan video undan o‘zib ketdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Uiz Xalifa va Charli Put ijrosidagi qo‘shiq videosi 2 895 552 454 marta ko‘rildi. Ilgarigi rekord Gangnam Style’ga tegishli bo‘lib, uning ko‘rsatkichi 2 894 479 586 edi.
Bu degani See You Again ko‘rilgan vaqtning umumiy hisobi 21 759 yilni tashkil etadi.
See You Again qo‘shig‘i “Forsaj 7” filmiga saundtrek sifatida, marhum aktyor, franshiza yulduzi Pol Uoker xotirasiga bag‘ishlab yozilgan edi. Aktyor 2013-yili fojiali halok bo‘lgan edi.
Dastlabki olti oy ichida videoni milliard marta ko‘rishdi. Billboard Hot 100 chartida qo‘shiq 12 hafta davomida birinchi o‘rinni ushlab turdi va rep-kompozitsiyalar ichida bu bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Izoh (0)