Avstriya hukumati Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchining mamlakatga kirishiga ruxsat bermadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Vazir Avstriyada bo‘lib, Turkiya diasporasi bilan uchrashishi hamda 2016-yil iyulidagi amalga oshmagan harbiy to‘ntarish bir yilligi munosabati bilan suhbat o‘tkazishi rejalashtirilgan edi.
Avstriya TIV o‘z qarorini Zeybekchining tashrifidan ko‘zlangan yagona maqsad omma oldiga chiqish ekanligi, bu esa jamoat tartibsizligi va Avstriya xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bilan ifodaladi.
Ta’kidlanishicha, respublika tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurs to‘ntarish harakatini ham, undan keyingi erkinlikni bo‘g‘ish harakatlarini ham qoralaydi.
Bundan tashqari, Zeybekchi mamlakatga rasmiy tashrif buyurgan taqdirda Avstriya uni kutib olish tayyorligi ta’kidlandi.
Izoh (0)