Markaziy Xitoyda davom etayotgan toshqin oqibatida 12,2 million kishi ofat zonasida qolib ketdi, 83 kishi halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Xunan provinsiyasida hududida yog‘ingarchilik 22-iyundan buyon davom etmoqda. Aytilishicha, suv 53 ming uyni vayron qilgan, 68 ming uy zarar ko‘rgan. Ofat zonasidan 1,62 million kishi evakuatsiya qilingan.
470 mingdan ortiq odam ayni paytda moddiy yordamga muhtoj.
Ofatga qarshi kurashish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun 52 ming harbiy va favqulodda xizmatlar xodimlari jalb etildi.
Izoh (0)