Vladimir Putin va Donald Tramp Gamburgdagi G20 sammiti davomida Rossiyaning AQShdagi saylovlarga ehtimoliy aralashuvi mavzusini 40 daqiqa atrofida muhokama qildi. Bu haqda Oq Uy vakiliga tayanib, The New York Times ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ikki davlat yetakchisi o‘rtasidagi mazkur mavzu atrofida fikr almashinuvi ba’zan keskin tus olgani bildirilmoqda.
Putin Trampdan baland pardalarda Rossiya go‘yo AQShdagi prezidentlik saylovlari natijalariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilgani dalillarini talab qilgan.
Oradan 40 daqiqa o‘tib, Tramp Rossiya prezidentiga boshqa masalalarga o‘tish vaqti kelganini aytgan.
Izoh (0)