Telegram’dagi “Voditeli Nukusa” guruhining faollari “Issiq kunda bepul mineral suv” aksiyasini tashkillashtirdi. Bu haqda guruh a’zosi Baxtiyar Kadirbergenov jurnalist Furqat Yusupovga ma’lum qildi, deb xabar beradi “KRuz.uz” sayti.
Aksiyani o‘tkazishdan maqsad 45 daraja issiqda qurilishda ishlayotgan ustalar, shifoxonalarda yaqinlarini kutib o‘tirgan insonlar va yo‘lovchilarning kayfiyatini ko‘tarish va ularga muzday suv ulashishdir.
Aksiya 6–7-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda guruh faollari ko‘ngillaridan chiqqanicha pul yig‘ib har kuni 160 idishda suv sotib oldi va ularni qurilish maydonlarida xizmat qilayotgan ustalar, shifoxonalarda yaqinlarini kutib o‘tirgan insonlar va davolanayotganlarga tarqatdi.
Guruh a’zolarining ta’kidlashicha, aksiya har kuni davom etadi.
Izoh (0)