Xitoydagi EM-Legend turniri yarim finaliga qadar yetib kelgan o‘zbekistonlik K-1 ustasi Anvar Boynazarovga 50 ming dollar mukofot puli uchun bir qadam qolgani haqida aytilgandi.
“Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, 9-iyul kuni yarim finali o‘tishi kerak bo‘lgan EM-Legend janglari boshqa sanaga qoldirilgan. Mana shu jang uchun Xitoyga tashrif buyurib ulgurgan Anvan Boynazarov Toshkentga quruq qo‘l bilan qaytmaydi. U Topking World Series uchun braziliyalik Marlon Ribeyro Dos Santos bilan jang qiladi.
EM-Legend yarim final janglari qachon o‘tishi va unda Boynazarovga kim raqiblik qilishi yaqin kunlar ichida hal bo‘ladi.
Izoh (0)