K-1 ustasi Anvar Boynazarov Xitoy mezbonlik qilayotgan EM-Legend turnirida yarim finalga qadar yetib kelgani aytilgan va uning final yo‘lidagi jangi 9-iyul sanasida o‘tishi rejalashtirilgandi.
“Olamsport” nashri Boynazarovning bo‘lajak raqibi braziliyalik Marlon Ribeyro Dos Santos ekaniga oydinlik kiritdi.
Boynazarov Xitoydagi turnirning o‘tgan yilgisida finalga qadar yetib borgan bo‘lib, vizasi bilan bog‘liq muammo sabab hal qiluvchi jangda ishtirok eta olmagandi. Shu sabab g‘olib deb topilgan sportchi bu safar chorak finalda aynan Boynazarovga imkoniyatni boy berdi.
K-1 tik turib jang qiluvchi sportchilarning eng yaxshilarini o‘zida jamlagan jang turi hisoblanadi. Bunda boks, kikboks, muaytay, karate kabi sport turlarida o‘zini ko‘rsata olgan jangchilar K-1 yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.