Fecebook ijtimoiy tarmog‘ida Ikkinchi jahon urushi faxriysi, mehnat qahramoni va xalq ta’limi a’lochisi Sartabay Dubanbayevning surati tushirilgan hojatxona qog‘ozlari paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “Knews.kg”.
Suratni Adilya Arabayeva nomidagi Qirg‘iziston davlat universiteti xodimi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan.
Ushbu post Facebook foydalanuvchilarining bo‘ronli tanqidlari ostida qoldi. Odamlar Ikkinchi jahon urushi qahramonining ustidan kulgan firmani topib jazolashni talab qilmoqda.
Hojatxona qog‘ozining o‘rami Bishkekda, Chuy hamda Parxomenko ko‘chasining kesishgan joyidagi savdo pavilyonidan sotib olingani ma’lum.