Farg‘ona viloyatida yashovchi 25 nafar kam ta’minlangan nogiron ayolga yangi uy-joyga ega bo‘lishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhida ma’lum qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga asosan Farg‘ona viloyatining 25 kam ta’minlangan nogiron ayoliga 2–3 xonali qurilayotgan yangi uy-joy sotib olish uchun birlamchi badal beg‘araz asosda davlat budjeti hisobidan qoplanadi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)