Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler Iroq urushining boshlanishida ishtirok etgani bois sud ta’qibiga olinishi mumkin, buning uchun sobiq bosh vazirni immunitet bilan ta’minlovchi 2016-yilgi sud qarorini bekor qilish talab etiladi. Bu haqda, The Guardian’ga asoslanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Sobiq bosh vazirning jinoiy ta’qibga olinishi 2016-yili Vestminster magistrat sudi t tomonidan to‘xtatib qo‘yilgan edi. O‘shanda Bler har qanday sud ta’qibidan himoyalanishi nazarda tutilgan edi, negaki unga qarshi ochilgan har qanday ish davlat ahamiyatiga molik sirlarning ochilishiga olib kelishi mumkin.
Ammo ushbu qaror okrug sudi Maykl Snou, lord bosh sudya Tomas Kvimidd va Jastis Ouzeli tomonidan qayta ko‘rib chiqildi.
Eshituv natijalari hali oshkor etilmayapti.
Toni Bler Iroq urushining boshlanishiga bevosita aybdor shaxslardan biri sifatida e’tirof etilgani o‘z vaqtida shovshuvlarga sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)