Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining birinchi davrasi “Bunyodkor” — “Nasaf” o‘yini bilan yakuniga yetdi.
Toshkentga tashrif buyurgan qarshilik futbolchilar ikki bor hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo ular o‘z darvozasidan uchinchi golni ham o‘tkazib yubordi.
“Bunyodkor” safidan Eldor Shomurodov, Shahzod Nurmatov va Dilshod Ahmadaliyev gol urgan bo‘lsa, qarshiliklardan Bahrom Abdurahimov hamda Dragan Cheran javob gollariga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Nasaf” birinchi davrani 2-o‘rinda, “Bunyodkor” esa 7-o‘rinda yakunladi.
Mirjalol Qosimov klubni qabul qilib olganidan so‘ng “Bunyodkor” futbolchilari kuchli uchlikda borayotgan jamoalarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi: “Qo‘qon-1912” 2:1, “Lokomotiv” 1:0, “Nasaf” 3:2.
O‘zbekiston Oliy ligasi 3-tur. Qoldirilgan o‘yin 4-iyul, seshanba
Izoh (0)