Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Trampni AQSh mustaqillik kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Biz prezident bo‘yicha tabriklaymiz, RF prezidenti nomidan AQSh prezidentiga tabrik yo‘llaymiz, har yil shunday qilamiz”, — dedi u.
Ilgariroq tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Vashingtonga bayram munosabati bilan tabrik yo‘llangan-yo‘llanmagani haqidagi savolga tasdiq bilan javob bergandi.
AQSh mustaqillik kuni 4-iyul kuni nishonlanadi.