O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev germaniyalik hamkasbi Frank-Valter Shtaynmayerga hamdardlik izhor qilingan maktub yo‘lladi. Maktub matni Prezidentning rasmiy saytida keltirildi.
“Bavariya federal yeridagi yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida ko‘plab qurbonlar va yaradorlar borligi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u tuyg‘usi bilan qabul qildim”, — deyiladi maktubda.
O‘zbekiston Prezidenti halok bo‘lganlarning oila va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhorlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, YTH oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)