1989-yili tug‘ilgan fuqaro o‘zidan yoshi ancha katta kishini aldab, undan 2 ming dollar pul oldi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, firibgar bu pullar evaziga 1972-yili tug‘ilgan fuqaroni Shayxontohur tumani Davlat soliq inspeksiyasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Jinoyatchiga nisbatan JKning 168-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)