Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi shaxs soxa shartnoma tuzish yo‘li bilan kompaniyaga 1,6 milliard so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, firibgar “Turonbank” OAK boshqaruvi a’zolarini ogohlantirmagan holda Real Investment Group MChJning Mediz AG MChJ oldida 14 foiz stavkasi bilan 1,6 milliard so‘m qarzi borligi haqida soxta shartnoma tuzgan. Bu bilan jinoyatchi Real Investment Group’ga katta zarar yetkazgan.
Holat yuzasidan JKning 229-moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Izoh (0)