Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondonining o‘rinbosari general Muhammad Riza Zohidiy IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘limi haqidagi xabarlar to‘la tasdiqlanguniga qadar xulosa qilishga shoshilmaslikka chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq al-Bag‘dodiy o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Hattoki unga o‘xshash kishining jasadi aks etgan fotosuratlar internetda tarqagan edi.
“Aftidan, al-Bag‘dodiy o‘ldirilgan, guvohliklar bor, ayrim belgilar buni tasdiqlab turibdi. Bu haqda Rossiya manbalari shohidlik bermoqda, IShID rahbariyatining fe’l-atvori buni ko‘rsatmoqda. Oxirgi paytda al-Bag‘dodiyning ismi ‘qayg‘u’ va ‘motam’ tushunchalari bilan birgalikda qo‘llanmoqda. Ammo yakuniy xulosalar qilishga shoshilmaslik kerak”, — dedi Zohidiy.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)