Toshkentda istiqomat qiluvchi 1999-yili tug‘ilgan bola onasining ta’siri ostida IShID safiga qo‘shildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
29-iyun kuni MXX, IIV va prokuratura xodimlari hamkorligidagi “Kompleks” tadbirining o‘tkazilishi chog‘ida 1968-yili tug‘ilgan ayol o‘zining 18 yashar o‘g‘liga diniy ekstremizm g‘oyalarini singdirib, uni IShID terrorchi guruhi foydasiga yollagani aniqlandi.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, jihodchi bo‘lishni istagan yigit yashirin yo‘llar orqali O‘zbekistonni tark etib, Iroqqa yo‘l olgan ekan. U yerda o‘smir IShID tarkibiga qo‘shilgan. Lagerda uning onasi yosh ekstremistlarni terror g‘oyalariga o‘rgatar edi.
Mazkur holat yuzasidan JKning 244/2-1 moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)