Poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi va harbiy prokuraturasi hamda Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent garnizoni hududidagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilarining oila a’zolari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shayxontohur tumani bandlikka ko‘maklashish markazi ma’lumotiga ko‘ra tumandagi korxona va tashkilotlarda 1600 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud. Ish so‘rab murojaat qilayotgan fuqarolar mutaxassisligi bo‘yicha korxona va tashkilotlarga biriktirilib, yo‘llanma berilmoqda. Oila bekalari shahar tibbiyot muassasalari, ta’lim dargohlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga qiziqish bildirayotgani qayd etildi.
“Mazkur yarmarkaga ishga joylashish maqsadida keldim, — deydi Buvanbar Suyarova. — Yarmarkada taklif etilayotgan ish o‘rinlari, mehnat sharoiti bilan yaqindan tanishdim. Mutaxassisligim matematika fani o‘qituvchisi. Mutaxassisligim bo‘yicha Mirobod tumanidagi 147-umumta’lim maktabiga yo‘llanma oldim”.
Izoh (0)