Germaniya hukumati Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda istiqomat qiluvchi turklar oldida chiqish qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda, Der Spiegel nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Erdo‘g‘on Gamburgda o‘tadigan G20 sammiti arafasida turklarni to‘plab, ularning oldida nutq so‘zlamoqchi edi. Ammo endilikda unga bunday imkoniyat berilmaydi.
“Bu qaror kansler bilan kelishildi va Germaniya hukumatining rasmiy nuqtai nazari hisoblanadi”, — dedi kanslerning matbuot kotibi Shteffen Zaybert.
Izoh (0)