IShID terrorchi guruhi yetakchilari AQSh ko‘magida Rakkani ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanishi bilan o‘z saflaridagi raqiblaridan qutulish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Rakkani tark etgan uch jangarining rafiqalari bergan axborotga ko‘ra, oddiy jangarilari shaharda “qo‘yday” o‘lib ketish uchun tashlab ketilmoqda. Rakkani ozod qilish operatsiyasi boshlanishi bilan rahbariyat shaharni tark etdi.
Ayollardan biri — Hadicha al-Humrining aytishicha, yetakchilar oddiy jangarilar saflarida isyon kelib chiqishidan cho‘chimoqda, shu bois ayni paytda guruhni tanqid qilish xavfli bo‘lib qolgan.
“IShID haqida erkin gapirish yoki guruhni tanqid qilish mumkin emas, chunki seni kim eshitayotganini bilmaysan”, — dedi u.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)