Arab davlatlari tomonidan Qatarning diplomatik izolyatsiyasi to‘xtatilishi uchun ilgari surilgan talablardan biri — Al Jazeera telekanalining yopilishi matbuot erkinligi va ko‘p fikrlilikka zarba bo‘ladi. Bu haqda BMTning fikr erkinligi bo‘yicha hisobotchisi Devid Key bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Bu talab OAV erkinligiga jiddiy xavf soladi, negaki davlatlar diplomatik inqiroz bahonasida Al Jazeera’ni majburiy yo‘q qilishga harakat qilmoqda”, — ta’kidladi xalqaro tashkilot vakili.
Keyning aytishicha, agar matbuot erkinligi ta’minlamasa, har bir insonning axborot olish huquqiga jiddiy zarar yetadi.
22-iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr va BAA Qatarga nisbatan 13 ta talab ilgari surgan edi. Ular orasida Al Jazeera’ning yopilishi ham bor edi.
Izoh (0)