Yevropa bo‘ylab tarqalayotgan Petya.A virusi Litvaga ham yetib bordi. Ushbu mamlakatda dastlabki kompyuterlar zararlangani haqida xabarlar tarqaldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Bu WannaCry virusining bir ko‘rinishidir. Litvada biz bir qancha holatlarga duch keldik va taftish olib bormoqdamiz”, — dedi mamlakat aloqa nazorati xizmati vakili Ritis Raynis BNS’ga bergan intervyusida.
U kompyuterlari virusdan zarar ko‘rgan kompaniyalar nomini keltirishdan bosh tortdi.
O‘z navbatida, Group-IB kompaniyasi vakili ushbu virus WannaCry’ga aloqador emasligini bildirgan edi.
Hujum haqidagi ilk xabarlar Ukrainaga taalluqli edi. Keyinroq Ukraina vakillari mazkur hujumda Rossiya tomonini ayblagan edi.
Group-IB mutaxassislari Petya.A shifrlovchi virusidan Cobalt guruhi moliyaviy muassasalarga hujum izlarini yashirish uchun foydalanganini aniqladi.
Izoh (0)