Kanada pochta xizmatining Vankuver bo‘limi ishi qarg‘a pochtachiga hujum qilgani bois shaharning sharqiy kvartallaridan biriga xat yetkazishni to‘xtatdi. Bu haqda Facebook orqali qushning egasi Shon Bergman xabar berdi.
Bergman qarg‘aning nomidan Facebook’da sahifa yuritadi. Uning yozishicha, ikki oy muqaddam ro‘y bergan voqea oqibatida pochta xodimi ko‘plab mayda jarohatlar olgan.“Qarg‘a pochtachiga hujum qilib, uni yaraladi. Bu haqda bilganimda dahshatga tushdim. Ammo men uning bu fe’li uyalash mavsumi bilan bog‘liqligini tushunaman”, — deb yozdi erkak ijtimoiy tarmoqda.
“U shunchaki o‘z uyasini himoya qilmoqda, bu instinkt”, — qo‘shimcha qildi Bergman.
Uning ta’kidlashicha, oxirgi paytda ayrimlar Kenak laqabli qushni o‘ldirish bilan tahdid qila boshlagan. Erkak pochta xizmatini tiklashda yordam berishga harakat qilgan. U Canada Post vakillari bilan bog‘lanib, ishchilarni qarg‘adan himoya qilishini aytgan. Ammo, shunga qaramay, pochta yetkazmalari hali ham kvartalga yetib kelmayapti.
Kvartalda, Bergmandan tashqari, yana 12 kishi yashaydi.
Izoh (0)