Sun’iy ong texnologiyalari Gaia kosmik apparatiga Somon yo‘li galaktikasi markazidan chiqib ketayotgan olti yulduzni aniqlash imkoniyatini berdi. To‘plangan ma’lumotlar galaktikaning eng kam o‘rganilgan joylariga taalluqlidir, deb xabar beradi “Gazeta.ru” Yevropa kosmik agentligiga tayanib.
Galaktika yulduzlari markazga nisbatan turlicha tezlikda aylanadi, bu ularni markazdan ajratib turuvchi masofaga bog‘liq. Jumladan, Quyoshning tezligi 220 kilometr/sekundni, galodagi yulduzlarning o‘rtacha tezligi esa 150 kilometr/sekundni tashkil qiladi. Tezligi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuzlab kilometrga katta bo‘lgan yangi “qochayotgan” yulduzlar toifasi esa o‘n yil muqaddam birinchi marta o‘rganilgan edi.
Endilikda Gaia teleskopi yordamida yana oltita shunday yulduz topildi.
“Bu supertezlikka ega yulduzlar Somon yo‘li strukturasini o‘rganish uchun juda muhim”, — dedi kashfiyotni Chexiyada o‘tgan Yevropa astronomiya haftaligida taqdim etgan olima Yelena Rossi.
Izoh (0)