Belgiyada 50 ming kishi Lyej yaqinidagi “Tianj” atom elektr stansiyasi yonidan Axen shahriga qadar jonli zanjir hosil qildi. Zanjir uzunligi 90 kilometrni tashkil qildi, deb yozadi “TASS”.
Bu bilan odamlar Belgiyadagi ikkita AESning yopilishini talab qildi. Aksiya tashkilotchisi bo‘lmish Stop Tihange&Doel guruhi rahbari Klementin Skevanning xabar qilishicha, ularning o‘zlari ham aksiyaga bu qadar ko‘p odam kelishini kutmagan.
“Biz hamkor ekologik tashkilotlar vakillarini taklif qildik, shuningdek, internet orqali barchadan tanishlarini boxabar qilishni so‘radik, lekin bunaqa muvaffaqiyatni kutmagan edik”, — tan oldi.
Izoh (0)