Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkodan Vinnitsa viloyatida bitiruvchilar oldidagi chiqishida zelyonka to‘kilgan futbolkasining haqini o‘tashni talab qildi. Bu haqda siyosatchi Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
U hujumda Pyotr Poroshenko blokining mahalliy namoyandalarini aybladi.
“Hujum qilgan odam PPBning mahalliy rahbarlariga o‘xshagan odamlar unga 200 grivna to‘laganini tan oldi”, — deb yozdi Saakashvili.
“Yana yangi mayka kiydim, va uni ham buzishdi, yaramaslar”, — qo‘shimcha qildi sobiq gubernator.
“Pyotr Alekseyevich, yo bu maynavozchilikni bas qiling, yo men Amsterdam aeroportida Tanzaniyadan qaytishda sotib olgan Lacoste maykasining haqini to‘lang. Masalaning narxi — 50 yevro”, — ta’kidladi Saakashvili.
Izoh (0)