Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy 23-iyun, juma kuni yaqinlashayotgan Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan 500 dan ortiq mahbusni afv etish to‘g‘risidagi farmonni e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ozod etilayotganlarning ko‘pchiligi norasmiy norozilik aksiyalarida ishtirok etgan yosh siyosiy faollardir.
Misr qamoqlaridagi yosh faollarni ozod qilish masalasi o‘tgan yil oktabrida Sharm ash-Shayxdagi yoshlar anjumanida ko‘tarilgan edi. Unda as-Sisiyning o‘zi ham ishtirok etgan edi. Konferensiya yakunlariga ko‘ra prezident jurnalistlar, jamoat arboblari, ichki ishlar va adliya vazirliklari vakillari ishtirokida idoralararo komissiya tuzishga qaror qilgan edi.
Izoh (0)