Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy yaqin bir necha kun ichida Mosul butunlay ozod etilgani e’lon qilinishini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bu bir necha kunning ishi, Mosulning to‘liq ozod etilishini e’lon qilamiz”, — dedi u.
Hukumat boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, birinchi galda IShID tomonidan vayron qilingan tarixiy obidalar — Nimrud va Xatra xarobalari, shuningdek, Mosuldagi an-Nuriy masjidining al-Hadba minorasi qayta tiklanadi. Bir muddat ilgari terrorchilar obidani vayron qilishidan burun u mahalliy Pizza minorasi sifatida mashhur edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)