AQShning Jorjiya shtati ma’muriyati sherif o‘rinbosari hushini yo‘qotib yiqilganida qochish o‘rniga unga yordam ko‘rsatib, hayotini saqlab qolgan mahbuslarga belgilangan jazoni yumshatishga qaror qildi. Bu haqda Polk okrugi sherifi Jonni Moats CNN telekanaliga bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Voqea 12-iyun kuni ro‘y berdi. Sherif o‘rinbosari mahbuslar bilan birga sovutilayotgan xonadan ko‘chaga chiqdi. Ko‘chada havo issiqligi bois keskin harorat o‘zgarishi sababi bilan huquq-tartibot xodimi hushini yo‘qotib, yerga yiqildi. U surunkali kasaldan aziyat chekishi ma’lum qilinmoqda.
Uning kuzatuvidagi olti mahbus voqea joyidan qochib ketish o‘rniga xastaga yordam berishga qaror qildi. Ulardan biri sherif o‘rinbosarining telefoni orqali qutqaruv xizmatini chaqirdi. Qolgan mahbuslar erkakning zirhli nimchasini va qurol kamarini yechib, yaxshiroq nafas olishiga ko‘maklashdi.
HEROIC | 6 inmates save a correctional officer that passed out during work detail. https://t.co/HthnBjBJxk pic.twitter.com/W7cfYAkUP7
— 11Alive News (@11AliveNews) June 20, 2017
Sherif ofisi mahbuslarni taqdirlashga qaror qildi. Ularning sharafiga bog‘da tushlik uyushtirildi. Marosimda qutqarib qolingan erkakning qarindoshlari turfa taomlar bilan mahbuslarni siyladi.
Bundan tashqari, har bir mahbusning qamoq muddati 25 foizga qisqartiriladigan bo‘ldi.
Izoh (0)