AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis Turkiyaga Suriya kurdlarining “Xalq mudofaa kuchlari” guruhiga Vashington tomonidan yetkazilgan qurol-yarog‘ yuzasidan axborot taqdim etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Pentagon Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishiqqa maktub yo‘llab, kurdlarga yetkazilgan qurol-yarog‘ IShIDning mag‘lubiyatidan so‘ng AQShga qaytarilganini bildirgan.
Maktubda, shuningdek, Mettis AQSh amalga oshirilayotgan yetkazmalar xavfsiz ekanligini Turkiyaga ko‘rsatish uchun qat’iy choralar ko‘rishini ta’kidlab o‘tgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)