Toshkentning “Paxtakor” klubi ikki legioner futbolchi bilan xayrlashadi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.
Mavsum boshida jamoa safiga kelib qo‘shilgan, o‘tgan yili “Bunyodkor” safida harakat qilgan xorvatiyalik Yuritsa Bulyat hamda ikki mavsumdan beri “sherlar” safida to‘p surib kelayotgan Adnan Oraxovatsga javob berib yuboriladi va ular bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilinadi.
Bunda futbolchilarga kompensatsiya to‘lanadimi yoki yo‘q — ma’lumot berilmagan. Legioner futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar o‘z ichiga nimalarni olgani va ularning muddati borasida ham aniq ma’lumotlar yo‘q.
Nashr, shuningdek, “Paxtakor” gollandiyalik futbolchini olib kelayotgan bo‘lishi mumkin deb ham axborot bergan. Bunda yangi legionerning ism-sharifi ko‘rsatilmagan.
Avvalroq “Paxtakor” bosh direktori Dmitriy Adisman bosh murabbiy sifatida Shota Arveladze va himoyachi Marko Simich bilan shartnoma tuzilgani haqida ma’lumot bergandi.
Izoh (0)