KXDR rasmiylari AQSh prezidenti Donald Trampni telba deb hisoblaydi va shu bois uning siyosatiga ergashish Janubiy Koreyani yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning “Nodon sinmun” gazetasida chop etilgan bayonotda aytildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Janubiy Koreya telba Trampga ergashish fojiaga olib kelishini tushunishi lozim”, — deyiladi hujjatda.
Aytilishicha, Tramp AQSh ichida siyosiy inqirozga duch kelgani bois jamoatchilik e’tiborini chalg‘itish maqsadida KXDRga preventiv zarba berish mavzuni ko‘tarmoqda.
Izoh (0)