Yaponiyaning Xokkaydo orolida joylashgan poligonda o‘tayotgan harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Mashg‘ulotlarga jalb qilingan tankning ag‘darilib ketishi oqibatida uning ichidagi harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Tankda jami to‘rt kishi bor edi. Mashina ag‘darilib ketganida ulardan biri tank va yer orasida qisilib qoldi. Zobit shifoxonaga yetkazildi, ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Qolganlar zarar ko‘rmadi.
Xokkaydodagi o‘quvlarda 20 ta tank ishlatilayotgan edi. Ayni paytda voqea taftish qilinmoqda.
Izoh (0)