Professional boksda mag‘lubiyat nima ekanini bilmay kelayotgan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev qo‘l suyaklarini operatsiya qildirdi.
Bokschining ma’lum qilishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va u 20 kun ichida mashg‘ulotlarga qaytadi. Uning keyingi jangi avgustning birinchi o‘n kunligida AQShda bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, professional boksda 10 ta jang o‘tkazgan Ergashev raqiblarining barchasini nokaut qilishga muvaffaq bo‘lgan. Xususan, u o‘zining so‘nggi jangini qo‘lidagi jarohatiga qaramay o‘tkazdi va tojikistonlik raqibini 1-raundning o‘zidayoq nokautga uchratishga erishdi.
Izoh (0)