Tailand qiroli Rama X (Maxa Vachiralongkorn) Germaniyaning Bavariya federativ yeridagi Erding shahrida velosipedda sayr qilayotganida o‘smirlar unga o‘yinchoq to‘pponchalardan o‘q uzdi. Bu haqda, Bild nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea 10-iyun kuni ro‘y bergan. 13 va 14 yoshli ikki o‘smir butalar orasida yashirinib, Rama X ning orqasidan plastik o‘qlar uzgan. Qirolning tan soqchilari politsiya chaqirgan.
Hozir huquq-tartibot idoralari xodimlari taftish olib bormoqda. Taftish yakunlariga ko‘ra 14 yoshli o‘smir ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Uning 13 yoshli sherigi hali ma’muriy javobgarlik yoshida emas.
Izoh (0)