Somali poytaxti Mogadishoda minalashtirilgan avtomobilning portlatilishi oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, avtomobil hukumat binosi tomon ketayotgan edi.
20 kishi jarohatlandi. Vadajir kvartalidagi bir bino portlash oqibatida vayron bo‘ldi. Shuningdek, o‘nta avtomobil yaroqsiz holga keldi.
Izoh (0)