Bahrayn parlamenti 20-iyun kuni OAV to‘g‘risidagi qonunga kiritilishi taklif qilingan o‘zgartishni qabul qildi. Unga ko‘ra, qirollik hududida Isroil kapitali ishtirokidagi matbuot va OAV mahsulotlari, shuningdek, filmlar tarqatilishi, sotilishi va namoyish etilishi taqiqlanadi. Isroillik aktyorlar ishtirokidagi filmlar ham taqiqqa tushdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Aytilishicha, bu bilan ko‘pgina arab davlatlari singari Falastin hududlarining okkupatsiya qilingani bois Isroil bilan hech qanday munosabatlar o‘rnatmagan Bahrayn ushbu pozitsiyasi o‘zgarmasligini tasdiqlamoqchi.
Bahraynda yirik yahudiy jamoasi istiqomat qiladi, ushbu jamoa vakillari qirollik hukumati, parlamenti va yirik kompaniyalarda yaxshi lavozimlarni egallaydi. Mamlakatda yahudiy muzeyi va sinagogalar mavjud. Shu bois Bahrayn arab davlatlarining Isroil bilan munosabatlarini yaxshilashga qarshi kurashuvchi arab tashkilotlari tomonidan tez-tez tanqid ostiga olinadi. Ayniqsa may oyida Manamada o‘tgan FIFA kongressida Isroil vakillari ishtirok etganidan so‘ng mamlakat bunday tashkilotlar tomonidan keskin tanqid qilindi.
Izoh (0)