20-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniyaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazir jahon miqyosidagi yirik siyosiy lider va GFRning mashhur davlat arbobi, sobiq federal kansleri Gelmut Kol vafot etganligi munosabati bilan samimiy ta’ziya bildirdi va elchixonada ochilgan hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
Elchi Naithart Xyofer-Vissing o‘z navbatida Shavkat Mirziyoyevga Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer nomiga yo‘llangan maktubda marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamda butun Germaniya xalqiga bildirilgan hamdardlik va dalda uchun minnatdorchilik bildirdi.
Izoh (0)