14-iyun kuni taxminan soat 11:30 larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Bektemir tumanidagi YPX maskanida Nexia rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, avtoulov egasi Ravshan Jamolov yonida og‘irligi 1,54 gramm keladigan marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)