Rossiyada kecha — 17-iyun kuni start olgan Konfederatsiyalar kubogida bugun ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Toshkent vaqti bilan 20:00 da Portugaliya va Meksika termalari maydonga chiqib keladi. Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari Yevro—2016 musobaqasini g‘alaba bilan yakunlagan bo‘lsa, Meksika KONKAKAF yetakchisi sifatida Rossiyaga tashrif buyurgandi.
“A” guruhining birinchi o‘yinida kecha ruslar Yangi Zelandiyani 2:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.
“B” guruhidagi birinchi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi va unda Copa America g‘olibi Chili Afrika chempioni Kamerunga qarshi saf tortadi.
“Sport” telekanali Konfederatsiyalar kubogi bellashuvlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilmoqda.