“Rokki” va “Karate-kid” filmlari bilan tanilgan amerikalik rejissor Jon Gilbert Evildsen 81 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Jonning o‘g‘li Entoni Evildsenning agentlikka ma’lum qilishicha, uning otasi 16-iyun, juma kuni Los-Anjelesda oshqozonosti bezi saratoni sabab vafot etgan.
“U o‘ta iqtidorli, tinib-tinchimas va juda qaysar edi. Ba’zan bu unga zarar, ba’zan esa foyda keltirardi”, — deya ta’kidladi Entoni.
“Rokki” filmi uchun Gilbert Evildsen 1977-yilda “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)