Aralash qoidalar jangchisi hisoblangan o‘zbekistonlik Furqat Yoqubov MMA bo‘yicha Xitoy Superkubogi uchun jang qildi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
Xitoyning Guanjou shahrida Furqat Yoqubov xitoylik Li Fenga qarshi jang qildi. WWCQ kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan jang o‘zbekistonlik sportchining g‘alabasi bilan yakuniga yetgan.
Furqat Yoqubov Superkubokka qadar qanday janglar o‘tkazgan va hal qiluvchi bellashuvga qanday yetib borgani haqida ma’lumot yo‘q. Aniq tomoni, u g‘alabasi evaziga 2000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)