AQShda qotillikda ayblanib, 40 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybi isbotlanmagani sababidan ozodlikka chiqarildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 61 yoshli Ledura Uotkins 1975-yili 20 yoshligida ayol kishini o‘ldirishda ayblanib, ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Keyinchalik tergov unga nisbatan ilgari surilgan ayblov yetarli darajada asosli emas degan fikrga keldi.
Uotkins mahalliy sudlardan biridagi navbatdagi eshituvlardan so‘ng qamoqdan chiqdi.
Izoh (0)