Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi sobiq “Signal” zavodi tarkibida tashkil etiladigan texnopark loyihasi bilan tanishdi, deb xabar berdi O‘zA.
Umumiy maydoni 5,1 gektar bo‘lgan mazkur hududda bugun keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hududda bino va inshootlar, kommunikatsiya tarmoqlari mavjud bo‘lib, turli loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatish, pardozlash va ishga tushirish muddati 2018-yilning birinchi choragiga belgilangan.
Bu yerda ish boshlaydigan kichik korxonalarda plastmassa mahsulotlari, energiyatejamkor lampalar, transformator podstansiyalari, tikuv va trikotaj mahsulotlari, zamonaviy mebel kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. 17 korxonada 400 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Izoh (0)